Tojik muxolifat arbobining xotini Yevropadan Dushanbaga deportatsiya qilinish xavfi ostida
Germaniyadan oʻz Vataniga ekstraditsiya qilingan Tojikiston muxolifat harakati aʼzosi Asadullo Boboyevning xotini Mastona Fayzulloyeva Germaniyadan Dushanbaga deportatsiya qilinish xavfi ostida ekanligini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, nemis rasmiylari unga eri va oʻgʻli ortga qaytarilganidan ikki oy oʻtgach deportatsiya haqida xabar bergan. Avvalroq, 18-may kuni uni Tojikistonga joʻnatish uchun aeroportga olib borishgan, ammo deportatsiya oldi olingan.
Toʻliq maqolani Azathabar saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azathabar nashriga tegishli.