Prezident topshirigʻi bilan “Dok-1 Maks” va “Ambronol”dan jabrlangan oilalarga kompensatsiya toʻlandi
Prezident topshirigʻiga koʻra, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan oilalarga kompensatsiya toʻlovlari amalga oshirildi. Toshkent shahar sudi tomonidan dastlab 90 nafar jabrlanuvchiga ajratilishi kerak boʻlgan kompensatsiyaning atigi 20 foizi toʻlangan edi. Davlat rahbari koʻrsatmasi bilan byudjetdan qoʻshimcha mablagʻ ajratildi, natijada vafot etgan 72 nafar bolaning oilasiga 72,2 mlrd soʻm, davolanayotgan 16 nafarining oilasiga esa 7,8 mlrd soʻm toʻlab berildi.
Toʻliq maqolani Daryo.uz (Toshkent) saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Daryo.uz (Toshkent) nashriga tegishli.