Raqobat qoʻmitasi kredit boʻyicha ortiqcha toʻlovlarni asosiy qarzga yoʻnaltirishni taklif qildi
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Markaziy bankka kredit toʻlovlari boʻyicha hisob-kitob mexanizmini isteʼmolchilar foydasiga qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritdi. Qoʻmitaga kelib tushgan murojaatlarga koʻra, ayrim banklarda kredit boʻyicha oylik toʻlovdan ortiqcha toʻlangan mablagʻlar asosiy qarzni kamaytirishga yoʻnaltirilmasdan, tranzit hisobvaraqlarda saqlanib qolmoqda. Buning oqibatida asosiy qarz kamaymaydi va unga foiz hisoblanishi davom etadi.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.