Qirgʻiziston diniy blogerlarni voizlik guvohnomasini olishga majbur qildi
Qirgʻizistonda diniy kontent tarqatuvchi blogerlar roʻyxatdan oʻtishlari va voizlik guvohnomasini olishlari shart. Bu internetda tizimli ravishda diniy maʼruzalar qiladigan, diniy normalarni tushuntiradigan yoki maʼlum diniy qarashlarga chaqiradigan shaxslarga taalluqlidir. Diniy ishlar boʻyicha milliy agentlik bu chora maʼruzalarni tartibga solish va radikal gʻoyalarning tarqalishini oldini olishga qaratilganini maʼlum qildi.
Toʻliq maqolani Azattyq saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azattyq nashriga tegishli.