Qozogʻistonning uchta universiteti Osiyoning eng yaxshi 100 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga kirdi
Qozogʻistonning uchta universiteti QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan Osiyodagi eng yaxshi 100 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga kiritildi. Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti 46-oʻrinni, L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti 62-oʻrinni va Satbayev universiteti 89-oʻrinni egalladi. Qozogʻiston universitetlar reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchi hisoblanadi.
Toʻliq maqolani Egemen Qazaqstan saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Egemen Qazaqstan nashriga tegishli.