Oʻzbekiston va Ummon preferensial savdo va investitsiyalarni himoya qilish bitimlarini tayyorlashga kelishdi
Oʻzbekiston va Ummon preferensial savdo hamda investitsiyalarni himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimlarni tayyorlash boʻyicha kelishuvlarga erishdi. Bu masalalar Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning Maskatga tashrifi chogʻida muhokama qilindi. Tomonlar oʻzaro savdoni soddalashtirish maqsadida ayrim tovarlar uchun bojlar kamaytirilishi yoki bekor qilinishini nazarda tutuvchi kelishuvlarga erishdi.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.