Koʻkdala tumani hokimiga tadbirkor bolta bilan hujum qildi
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani hokimi Xurram Joʻrayevga tadbirkor bolta bilan hujum qilgan. Hodisa tadbirkorning doʻkonini buzish masalasidagi kelishmovchilikdan keyin yuz bergan. Dastlab sud tadbirkor foydasiga qaror chiqargan boʻlsa-da, keyinroq hokimlik daʼvosi qanoatlantirilgan. Hokim shifoxonada, ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.