UzA davlat nashri tarjima · ru

Oʻzbekiston va YUNISEF farmatsevtika sektorini rivojlantirish boʻyicha strategik qadamlarni muhokama qildi

Oʻzbekistonning tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Afgʻonistondagi YUNISEF vakillari va mahalliy korxonalar bilan muzokaralar oʻtkazdi. Muzokaralar xalqaro bozorga chiqish, sifat standartlariga rioya qilish va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratildi. Shuningdek, Afgʻoniston uchun dori vositalarini xarid qilish shaffofligi va tender jarayonlari muhokama qilindi. Tashrif doirasida BioPharma City va Farmatsevtika texnik universiteti koʻzdan kechirildi.

Toʻliq maqolani UzA saytida oʻqing →

Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material UzA nashriga tegishli.