Oqtoʻba viloyatida shaxta qulashi oqibatida 24 yoshli ishchi halok boʻldi
Qozogʻistonning Oqtoʻba viloyatida 20-oktyabr kuni Don togʻ-kon boyitish kombinati shaxtasida jins qulashi yuz berib, 24 yoshli ishchi halok boʻldi. Ishchi himoya tayanchlarini oʻrnatayotgan paytda togʻ jinsi kutilmaganda qulab tushgan. Hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha tergov harakatlari boshlangan.
Toʻliq maqolani Azattyq saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azattyq nashriga tegishli.