“Oʻzbekneftgaz” qish oldidan benzin zaxirasini 2,5 baravar oshirdi
“Oʻzbekneftgaz” neft bazalaridagi benzin zaxirasini oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 baravar koʻpaytirdi. Kompaniya oʻz tasarrufidagi yonilgʻi quyish shoxobchalari kelgusi qish mavsumi uchun yonilgʻi bilan taʼminlanganini bildirdi. Bu haqda kompaniya raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari Abrorjon Xudoyberganov 27-oktabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi. Kompaniya oʻz AYOQSH tarmogʻini kengaytirmoqda va neft mahsulotlari sotish hajmini oshirmoqda.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.