Ekolog Oljas Duysenov 7,5 yilga qamaldi
Olmaota sudi ekolog Oljas Duysenovni mulkni oʻgʻirlash moddasi boʻyicha 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Duysenov neft chiqindilaridan suv va tuproqni tozalash texnologiyasini ishlab chiqqan kompaniyani reyd qilishda ayblangan. U Jahon banki mablagʻlarini oʻzlashtirish, hujjatlarni qalbakilashtirish va giyohvandlik moddalarini saqlashda ham ayblangan, ammo bu ayblovlarni rad etgan. Boshqa ayblanuvchi Ualiχαν Shakirov ham 7,5 yilga hukm qilindi.
Toʻliq maqolani Azattyq saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azattyq nashriga tegishli.