Shavkat Mirziyoyev 7-9 oktyabr kunlari Turkmanistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7-9 oktyabr kunlari Turkmanistonda amaliy tashrif bilan boʻladi. Tashrif davomida Oʻzbekiston rahbari «Avaza» milliy sayyohlik zonasida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining 8-maslahat uchrashuvi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi sammitida ishtirok etadi. Mintaqaviy hamkorlik, iqtisodiyot, energetika va xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.