UzA davlat nashri tarjima · ru

Qashqadaryo meva-sabzavotlaridan yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Qashqadaryo» erkin iqtisodiy zonasidagi «Wosune Food Ingredients Karshi» korxonasining faoliyati bilan tanishdi. Amerika kompaniyasi «Wosune International Inc» sarmoyasi asosida tashkil etilgan ushbu yangi korxona mahalliy meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlab, yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar tayyorlab, tashqi bozorlarga yetkazib bermoqda. Korxonada 150 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan. Yillik eksport hajmini 40 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Toʻliq maqolani UzA saytida oʻqing →

Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material UzA nashriga tegishli.