Toshkentda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlagan narkolaboratoriya aniqlandi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ijaradagi xonadonda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelgan narkolaboratoriya aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati xabariga koʻra, 22 yoshli shaxs "zakladka" usuli bilan narkotik tarqatgan. Tadbirda 3,5 kg gashish moyi, 600 gr gashish, 200 gr marixuana va narkotik moddali 8 dona pechenye ashyoviy dalil sifatida olindi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.