Oʻzbekistonda davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing ulushi 2030-yilga qadar 30 foizga yetkaziladi
Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi. 2030-yilga qadar tibbiyot tashkilotlarida koʻrsatiladigan klinik va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan autsorsing asosida xarid qilish hajmi 30 foizgacha yetkaziladi. Kamida 5 ta yirik tibbiyot tashkilotiga ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish uchun xorijiy professional boshqaruv kompaniyalari va boshqaruvchilar jalb qilinadi. 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat va xususiy sektor ishtirokidagi mexanizmlar joriy etiladi.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.