Gazeta.uz mustaqil

Oʻzbekistonning noroziligidan soʻng Eron elchixonalari Samarqand merosi haqidagi postlarini oʻchirdi

Eronning Armaniston, Xitoy va Zimbabvedagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosiga oid ijtimoiy tarmoqdagi postlarini Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining qatʼiy noroziligidan soʻng oʻchirib tashladi. 23-oktabr kuni Eronning Oʻzbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy TIVga chaqirtirilib, unga norozilik notasi topshirilgan edi. Unda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlar merosi oʻzbek xalqining ajralmas qismi ekanligi taʼkidlangan.

Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →

Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.