Qirgʻizistonning janubida koʻchki yuz berib, oʻn nafar aholi evakuatsiya qilindi
10-oktyabr kuni Qirgʻizistonning janubidagi Oʻsh viloyati Qorakoʻlcha tumani Togʻizbuloq qishlogʻining oʻn nafar aholisi koʻchki sababli xavfsiz joyga koʻchirilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, yer qatlamidagi yoriq 220 metr uzunlikda boʻlgan va koʻchki massasi 42 800 kub metrni tashkil etib, soatiga taxminan 1,1 metr tezlikda harakatlangan. Koʻchki hajmini kamaytirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Toʻliq maqolani Azattyq saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azattyq nashriga tegishli.