Qozogʻiston maslihatlari saylovlari uchun 11 mingga yaqin nomzod roʻyxatga olindi
Qozogʻistonda 29-noyabrga belgilangan mahalliy vakillik organlari (maslihatlar)ga muddatdan oldin saylovlar uchun 10 971 nafar nomzod roʻyxatga olindi. Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga koʻra, har bir mandatga oʻrtacha uch kishi daʼvogar. Partiya roʻyxatlariga 1219 kishi kiritilgan, yana 9752 nomzod bir mandatli okruglar boʻyicha roʻyxatga olingan.
Toʻliq maqolani Azathabar saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azathabar nashriga tegishli.