Oʻzbekiston va Ozarbayjon energetika hamkorligini kengaytirish boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni imzoladi
Oʻzbekiston va Ozarbayjon 2026-2028 yillarga moʻljallangan energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni imzoladi. Bokuda energetika vazirlari Sherzod Xodjayev va Parviz Shahbazov tomonidan imzolangan hujjat «yashil» energetika koridorini amalga oshirish, neft qidiruvi va yetkazib berishni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, SOCARning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish koʻzda tutilgan.
Toʻliq maqolani UzA saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material UzA nashriga tegishli.