Qozogʻistonda Eron fuqarosi boʻlgan voyaga yetmagan shaxs giyohvand moddalar kontrabandasi uchun 10 yilga qamaldi
Qozogʻistonda voyaga yetmagan Eron fuqarosi giyohvand moddalar kontrabandasi, shuningdek, ularni sotish maqsadida noqonuniy egallash, saqlash va tashish jinoyatlari uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hukmni Mangʻistov viloyati jinoiy ishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi chiqardi. Gumondor bir kilogramdan ortiq afyun kapsulalarini olib oʻtishga uringan.
Toʻliq maqolani Egemen Qazaqstan saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Egemen Qazaqstan nashriga tegishli.