Qashqadaryoda soliq inspektorlari 122 million soʻmdan ortiq mablagʻni oʻzlashtirgani aniqlandi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida soliq inspeksiyasi xodimlari soliq toʻlovchilarning mablagʻlarini oʻzlashtirgani fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotiga koʻra, toʻqqiz nafar davlat soliq inspektori 97 nafar soliq toʻlovchidan 122,6 million soʻm mablagʻni qabul qilib olib, ularni hisobga kiritmasdan oʻzlashtirgan. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.