Xorazmda yangi trolleybuslar 27-oktabrdan yoʻnalishga chiqariladi
Xitoyning Yutong rusumli yangi avtonom trolleybuslari 27-oktabrdan Urganch va Xiva oʻrtasidagi yoʻnalishga chiqadi. Bu haqda Xorazm viloyati Transport boshqarmasi maʼlum qildi. Urganchda "Xorazm trolleybus parki" davlat korxonasining yangi maʼmuriy binosi va depolari ochildi. Haydovchilar maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan. Xorazm viloyati Oʻzbekistonda trolleybus tizimi saqlanib qolgan yagona hududdir.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.