Oʻzbekiston Prezidenti Anqarada «Anadolu Group» rahbari bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqarada «Anadolu Group» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Kamilxon Sulaymon Yaziji bilan uchrashdi. Uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistondagi ichimliklar va avtomobilsozlik sohalariga kiritgan sarmoyalari mamlakatdagi islohotlarga ishonch bildirilganligidan dalolat berishi taʼkidlandi. «SamAuto»ni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha investitsiya loyihalari, shuningdek, chakana savdo tarmogʻini kengaytirish va qishloq xoʻjaligi loyihalari muhokama qilindi.
Toʻliq maqolani UzA saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material UzA nashriga tegishli.