Tojikiston Vaxdat-Obi Garm avtomagistralini rekonstruksiya qilishni boshladi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmaton Vaxdat-Obi Garm avtomagistralini rekonstruksiya qilishga tamal toshi qoʻydi. Uzunligi 70 kilometr boʻlgan ushbu yoʻl loyihasi 18 oyda yakunlanishi kutilmoqda. Rekonstruksiya doirasida piyodalar yoʻlaklari qurish, yoʻl belgilari va xavfsizlik toʻsiqlarini oʻrnatish koʻzda tutilgan. Loyiha hukumat va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.
Toʻliq maqolani Asia-Plus saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Asia-Plus nashriga tegishli.