Oʻzbekiston va Tailand vizasiz safarlar toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga kelishdi
Oʻzbekiston va Tailand ikki mamlakat oʻrtasida vizasiz safarlar toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga kelishdi. Hozirgi vaqtda mazkur hujjat matni Tailand tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Kelishuvga Oʻzbekiston va Tailand tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar davomida erishilgan. May oyidan boshlab Oʻzbekiston fuqarolarining Tailandga tashrif buyurishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan diplomatik saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.