Qirgʻiziston elektr energiyasi tanqisligi sababli yangi konchilik fermalariga ruxsat bermaydi
Qirgʻiziston prezidenti Sodiq Japarov mamlakatda elektr energiyasi tanqisligi tufayli yangi kriptovalyuta konchilik fermalariga ruxsat berilmasligini maʼlum qildi. Hozirda mamlakatda faqat ikkita konchilik fermasi ishlamoqda. Japarovning aytishicha, yangi ruxsatnomalar faqat ichki ehtiyojlarni toʻliq qondira oladigan yirik GESlar qurilgandan keyingina koʻrib chiqiladi. Konchilik soliq tushumlarini koʻpaytiradi, ammo elektr taqchilligi sharoitida bu sohani kengaytirish mumkin emas.
Toʻliq maqolani 24.kg saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material 24.kg nashriga tegishli.