Oʻzbekiston Markaziy banki kommunal tariflar oʻzgarishini yillar oldindan eʼlon qilishni taklif etmoqda
Oʻzbekiston Markaziy banki kommunal tariflarning oʻzgarish jadvalini bir necha yil oldindan eʼlon qilib borishni taklif qilmoqda. Bu taklif MBning 2027–2029-yillarga moʻljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasida oʻz aksini topgan. Hujjatda ayrim yonilgʻi turlari va tartibga solinadigan xizmatlar narxlarining oshishi dastlabki kutilmalardan yuqori boʻlgani qayd etilgan.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.