Toshkent va Astraxan oʻrtasida 17-dekabrdan xalqaro yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
2026-yil 17-dekabrdan boshlab Toshkent — Astraxan — Toshkent yoʻnalishida 149/150-sonli yangi xalqaro yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Poyezdlar haftada bir marta harakatlanadi. Toshkentdan poyezd payshanba kunlari soat 18:00 da joʻnab ketadi va shanba kuni soat 19:00 da Astraxanga yetib boradi. Qaytish yoʻnalishidagi poyezd 20-dekabrdan boshlab yakshanba kuni soat 02:01 da Astraxandan yoʻlga chiqib, seshanba kuni soat 04:35 da Toshkentga yetib keladi.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.