Buxoroning yangi aeroportini Turkiya va Qatar kompaniyalari quradi
Uzbekistan Airports 12-noyabr kuni "Yangi Buxoro" xalqaro aeroportini qurish va boshqarish boʻyicha tender yakunlanganini eʼlon qildi. Turkiyaning Limak İnşaat va Qatarning Hamad Bin Khalid Contracting Company kompaniyalari konsorsiumi tenderda gʻolib boʻldi. Ular aeroportni qurish va boshqarish boʻyicha qoʻshma loyihada ishtirok etadi. Yaqin orada 23 yil muddatga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Toʻliq maqolani Spot saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Spot nashriga tegishli.