Bolani mashinada unutib oʻldirgan bogʻcha mudirasi 5 yilga qamaldi.
Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida uch yoshli tarbiyalanuvchisini qulflangan mashinada qoldirib, uning oʻlimiga sabab boʻlgan xususiy bogʻcha mudirasi besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Mudira bolalarni bogʻchaga olib kelgach, ularning hammasi mashinadan tushganini tekshirmay, eshiklarni qulflagan. Ayol byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirishda ham aybdor deb topilgan.
Toʻliq maqolani Ozodlik saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Ozodlik nashriga tegishli.