Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Seulga uchgan samolyotda yoʻlovchini qutqargan shifokorni taqdirladi
Samarqandlik Otorinolaringolog shifokor Hasan Komilov Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan "Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. U 11-oktabr kuni Toshkent-Seul reysi davomida tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan yoʻlovchini qutqarib qolgani uchun mukofotlangan.
Toʻliq maqolani Podrobno.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Podrobno.uz nashriga tegishli.