Oʻzbekiston va Iordaniya strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi
Oʻzbekiston va Iordaniya hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha qoʻshma bayonot va strategik hamkorlikni oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. Ikki davlat rahbarlari imtiyozli savdo, jinoiy-huquqiy yordam, madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika va suv resurslarini boshqarishni qamrab oluvchi hujjatlarni imzoladilar. Hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun jami 19 ta hujjat imzolandi.
Toʻliq maqolani Spot saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Spot nashriga tegishli.