Gazeta.uz mustaqil

Oʻzbekiston Avstraliya mehnat bozoriga mutaxassislar yuborish boʻyicha muzokaralar boshladi

Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi koʻmagida Avstraliyaning Shimoliy hududi vakillari bilan Oʻzbekistonni Avstraliya mehnat bozoriga mutaxassislar yuborish boʻyicha amaliy muzokaralar boshlandi. Muzokaralarda neft va gaz sohasidagi ehtiyojlar, Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb etish mexanizmlari va nomzodlarni tayyorlash masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, ikki davlat fuqarolari huquqlarini himoya qilish boʻyicha konsullik maslahatlashuvlari oʻtkazishga kelishib olindi.

Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →

Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.