Olmaotadagi yongʻinda Oʻzbekistonning ikki fuqarosi halok boʻldi
Olmaotada yer uyda sodir boʻlgan yongʻinda Oʻzbekistonning ikki fuqarosi halok boʻldi, ular is gazidan zaharlanib vafot etgan. Hodisa 26-noyabrga oʻtar kechasi Bostondiq tumanidagi koʻp xonali uylardan birida yuz bergan. Yongʻin oqibatida bola bilan birga besh kishi qurbon boʻlgan. Yongʻin sababiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Toʻliq maqolani Azattyq saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azattyq nashriga tegishli.