Oʻzbekiston Prezidenti Ummon Sultonligiga davlat tashrifi bilan boradi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16–17 noyabr kunlari Ummon Sultonligiga davlat tashrifi bilan boradi. Musqatda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi. Muzokaralar kun tartibiga oʻzbek-omman munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda savdo, investitsiya va qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari kiritilgan.
Toʻliq maqolani UzA saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material UzA nashriga tegishli.