Oʻzbekiston va Gruziya prezidentlari strategik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston va Gruziya prezidentlari strategik hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar. Ular 2026-yil 2-3 iyul kunlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalda roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratdilar. Parlamentlar, vazirliklar va ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarning faollashgani, tovar ayirboshlash va qoʻshma korxonalar sonining oʻsayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo aylanmasini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, turizm va tranzit salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar muhimligi taʼkidlandi.
Toʻliq maqolani Kun.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Kun.uz nashriga tegishli.