Bishkek maktablariga 12 mingdan ortiq oʻquvchi qoʻshildi
Bu oʻquv yilida Bishkek maktablariga ichki va tashqi migratsiyani hisobga olgan holda 12,5 ming oʻquvchi qoʻshildi, dedi Dogdurgul Kendirbaeva. Uning soʻzlariga koʻra, maktablar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun Bishkekda yana ellikta maktab kerak. Vazira AQSh va Rossiyadan qaytgan fuqarolar sonining koʻpligini taʼkidladi. Hozirda Bishkek, Oʻsh va Manas shaharlarida 40 ta maktab uch smenada ishlamoqda.
Toʻliq maqolani Azattyk saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Azattyk nashriga tegishli.