Qirgʻiziston prezidenti prezidentlik saylovlari oldidan provokatsiyalar xavfi haqida ogohlantirdi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov fuqarolarni prezidentlik saylovlari arafasida qirgʻiz va oʻzbeklar oʻrtasida millatlararo mojaro qoʻzgʻatishga qaratilgan provokatsiyalar xavfi haqida ogohlantirdi. Uning taʼkidlashicha, «dеstruktіv siyosiy kuchlar» ovoz berish jarayonini va Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishini buzmoqchi. Huquqni muhofaza qilish organlari provokatorlarni aniqlash uchun kameralar bilan taʼminlangan.
Toʻliq maqolani 24.kg saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material 24.kg nashriga tegishli.