Oʻzbekistonlik fermerlar Xitoyning robotlashtirilgan chorvachilik tajribasini oʻrganmoqda
200 ga yaqin oʻzbekistonlik chorvadorlar delegatsiyasi Xitoyning Hohhot shahridagi Chilechuan Ecological Wisdom Pasture robotlashtirilgan chorvachilik kompleksiga tashrif buyurdi. 12 ming bosh qoramolga moʻljallangan ushbu kompleksda robotlashtirilgan sogʻish va oziqlantirish tizimlari, shuningdek, hayvonlar salomatligini raqamli nazorat qilish tizimlari mavjud. Fermerlar sut chorvachiligi va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrgandilar.
Toʻliq maqolani UzA saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material UzA nashriga tegishli.