Fransiyaning Societe Generale banki Oʻzbekistonda vakolatxona ochadi
Oʻzbekiston Markaziy banki Fransiyaning Societe Generale banki vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazdi. Vakolatxona mamlakat moliya bozorini oʻrganish hamda davlat organlari, moliya muassasalari va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida ochilmoqda. 1864-yilda tashkil etilgan Societe Generale Yevropaning yetakchi bank-moliya guruhlaridan biridir.
Toʻliq maqolani Gazeta.uz saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Gazeta.uz nashriga tegishli.