Oʻzbekiston, Ummon va Eron TIV rahbarlari Maskatda muzokaralar oʻtkazdi
Oʻzbekiston, Ummon va Eron tashqi ishlar vazirlari Maskatda uch tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va uch mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish istiqbollari koʻrib chiqildi. Shuningdek, mintaqadagi vaziyat muhokama qilindi, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun diplomatik yechimlar muhimligi taʼkidlandi.
Toʻliq maqolani UzA saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material UzA nashriga tegishli.