Oʻzbekistonda eskrou tizimi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi
Oʻzbekistonda ulushli qurilish uchun eskrou tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi. Hujjatda ulushli qurilishga kiritilgan mablagʻlarni banklardagi eskrou hisobvaraqlarida saqlash, shartnomalarni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan. Quruvchilarga qoʻyiladigan talablar kuchaytirilgan va qurilish muddati buzilganda ulushdorlarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilgan.
Toʻliq maqolani Daryo.uz (Toshkent) saytida oʻqing →
Sarlavha va qisqacha mazmun daryo tomonidan tayyorlangan. Toʻliq material Daryo.uz (Toshkent) nashriga tegishli.